14 mavzu Nazorat ishi 3 (2 soat)
8-sinf, geometriya.
(2 soatlik bayonnoma)
«20-22» -dekabr, 2018-yil.
Mavzu: 3-nazorat ishi.
1. Darsning maqsadi: Yuz(a), tengdosh shakllar, yuz(a)ni o‘lchash, to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi,
parallelogrammning yuzi, uchburchakning yuzi, ularning xossalari haqida tushunchalar hosil
qilish, o‘quvchilarning BKM larini shakllantirish, rivojlantirish va mustahkamlash hamda
tekshirish.
2. Darsning usuli: yozma ish.
3. Darsning jihozi: DTS ko‘rgazmalari, tarqatma materiallar.
DARSNING BORISHI:
1. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni aniqlash,
o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorliklarini aniqlash.
2. Yangi mavzuning bayoni: (Ikki variantdagi yozma ish matni)
1-variant.
1) To‘g‘ri to‘rtburchakning ikki tomoni 60 sm va 5,8 sm. Uning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑆 = 𝑎 ∙ 𝑏 = 60 𝑠𝑚 ∙ 5,8 𝑠𝑚 = 340 𝑠𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 340 𝑠𝑚2 .
2) Kvadratning tomoni 1,3 sm. Kvadratning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑆 = 𝑎2 = (1,3 𝑠𝑚)2 = 1,69 𝑠𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 1,69 𝑠𝑚2 .
3) To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari 5 sm va 6 sm. Shu uchburchakning yuzini toping.
Yechilishi:
1
1
1) 𝑆 = 𝑎 ∙ 𝑏 = ∙ 5 𝑠𝑚 ∙ 6 𝑠𝑚 = 5 𝑠𝑚 ∙ 3 𝑠𝑚 = 15 𝑠𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 15 𝑠𝑚2 .
2
2
4) Parallelogrammning asosi 60 sm va balandligi 0,5 m bo‘lsa, uning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑎 = 60 𝑠𝑚 = 0,6 𝑚 bo‘lgani uchun: 𝑎 = 0,6 𝑚, ℎ = 0,5 𝑚 deb olamiz:
𝑆 = 𝑎 ∙ ℎ = 0,6 𝑚 ∙ 0,5 𝑚 = 0,3 𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 0,3 𝑚2.
2-variant.
1) To‘g‘ri to‘rtburchakning ikki tomoni 4 m va 1,4 m. Uning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑆 = 𝑎 ∙ 𝑏 = 4 𝑚 ∙ 1,4 𝑚 = 5,6 𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 5,6 𝑚2.
2) Kvadratning tomoni 250 mm. Kvadratning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑆 = 𝑎2 = (250 𝑚𝑚)2 = 62 500 𝑚𝑚2;
Javob: 𝑆 = 62 500 𝑚𝑚2 .
3) To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari 12 sm va 18 sm. Shu uchburchakning yuzini toping.
Yechilishi:
1
1
1) 𝑆 = 2 𝑎 ∙ 𝑏 = 2 ∙ 12 𝑠𝑚 ∙ 18 𝑠𝑚 = 6 𝑠𝑚 ∙ 18 𝑠𝑚 = 108 𝑠𝑚2;
Javob: 𝑆 = 108 𝑠𝑚2.
4) Parallelogrammning asosi 0,25 m va balandligi 100 sm bo‘lsa, uning yuzini toping.
Yechilishi:
𝑎 = 0,25 𝑚 = 25 𝑠𝑚 bo‘lgani uchun: 𝑎 = 25 𝑠𝑚, ℎ = 100 𝑠𝑚 deb olamiz:
𝑆 = 𝑎 ∙ ℎ = 25 𝑠𝑚 ∙ 100 𝑠𝑚 = 2 500 𝑠𝑚2 ;
Javob: 𝑆 = 2 500 𝑠𝑚2 .
3. Uyga vazifa: Yuz(a), tengdosh shakllar, yuz(a)ni o‘lchash, to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi,
parallelogrammning yuzi, uchburchakning yuzi, ularning xossalari kabi tushunchalarni
mustahkamlash uchun o‘tilgan mavzularni takrorlash, o‘qib o‘rganish va masalalar yechish.
Name:
Description:
…